Ertaga Toshkentda MDH xavfsizlik organlarining muhim yig‘ilishi o‘tadi

Jamiyat

image

Ertaga, 7 noyabr kuni Toshkent shahrida MDHga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining navbatdagi 47-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati xabar bermoqda. 

Yig‘ilish davomida xalqaro terrorizm, narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasi, transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida hamkorlikni mustahkamlash masalalarini ko‘rib chiqish, MDH makonida millatlararo va konfessiyalararo nizolar kelib chiqishining oldini olish, transport kommunikatsiyalari va iqtisodiyot sohasida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlikdagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda.

Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash doirasida Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilish rejalashtirilgan.

MDH Aksilterror markazi rahbari hamkorlikdagi aksilterror o‘quv mashg‘ulotlari yakuni bo‘yicha hisobot taqdim etadi va Markazning 2020 yilga mo‘ljallangan ish rejasini ma’lum qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

MDH

Baholaganlar

46

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing