Ertaga Toshkentda davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlab katta festival o‘tkaziladi

Jamiyat

image

Ertaga, 18 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlab “Vatanimiz bayrog‘i – faxrimiz, g‘ururimiz!” shiori ostida festival o‘tkaziladi.

Ushbu festival soat 10:00 da Toshkentdagi “Ashxobod” bog‘i oldidagi ulkan bayroq yonida Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyaga qarashli harbiy texnikalar, otliq bo‘linmalar mototsikllarda harbiy xizmatchilar hamda  faol yoshlar ishtirokidagi tantanali parad  bilan boshlanadi. 

Festival ishtirokchilari Amir Temur xiyoboni bo‘ylab harakatlanib, Xalqlar do‘stligi san’at saroyi yonida jam bo‘ladilar. Soat 11:00 da Xalqlar do‘stligi san’at saroyi oldida harbiy texnikalar va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi, harbiy xizmatchilarning jangovar chiqishlari, san’atkorlarning konsert dasturlari bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, 18 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlab Mudofaa vazirligi tomonidan “Vatanimiz bayrog‘i – faxrimiz, g‘ururimiz!” shoiori ostida poytaxtdagi “G‘alaba” bog‘i majmuasida katta bayram tadbiri tashkil etiladi. Tantanali tadbirda “Vatanga qasamyod” marosimining namoyishi, “Turon” harbiy davlat teatri tomonidan sahna ko‘rinishlari, Markaziy ashula va raqs ansamli hamda harbiy orkestrning konsert dasturlari, Mudofaa vazirligining Faxriy qorovulining chiqishlari, harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi namoyishi, zamonaviy qurol aslahalar ko‘rgazmasi namoyish etiladi. 


Maqola muallifi

Teglar

bayroq

Baholaganlar

70

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing