Ertaga Toshkentda bir nechta markaziy ko‘cha qisman yopiladi

Jamiyat

image

Ertaga, 15 noyabr kuni Toshkent shahrining qator markaziy ko‘chalarida avtotransport vositalari harakati qisman to‘xtatiladi. Bu haqda poytaxt IIBB Matbuot xizati ma’lum qildi.

Toshkent shahrida soat 07:00 dan 13:00 gacha quyidagi ko‘chalarda transport vositalarining harakati cheklanadi:

Oybek va Afrosiyob ko‘chalari Nukus ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha, shuningdek, Sharof Rashidov, Shota Rustaveli va Mirobod ko‘chalari bilan kesishgan joyda.

Yo‘llar O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 29 yilligini nishonlash maqsadida, yarim marafon o‘tkazilishi munosabati bilan qisman yopiladi.


Maqola muallifi

Teglar

marafon ko'cha

Baholaganlar

318

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing