Ertaga Toshkent va ikki viloyatda elektr energiyasi o‘chadi
Jamiyat
−
18 noyabr 2019
20194Joriy yilning 19 noyabr kuni mamlakatning turli hududlarida elektr energiyasida uzulishlar kuzatiladi.
Unga ko‘ra, “Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning elektr qurilmalari va tarmoqlarini joriy ta’mirlash yillik rejasiga asosan hamda iste’molchilarga kuz-qish mavsumida elektr energiyasini rejim bo‘yicha yetkazib berilishini ta’minlash va elektr qurilmalari va tarmoqlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarini oldini olish maqsadida viloyatning quyidagi hududlarida elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi:
• Namangan shahridagi 110/6 kVli “Oydinko‘l” va 110/10 kVli “Oromgoh” nimstansiyalarida rejali mukammal ta’mirlash ishlari olib borishi natijasida soat 08:00 dan kech soat 17:00 ga qadar Namangan shahrining “Sohibkor”, “Gulpora”, “Yangi qurilish”, “Ilg‘or”, “Amir Temur”, “Oromgoh”, “Tinchlik”, “Mehnatobod”, “Yoshlik” va “Mustaqillikning besh yilligi” MFYlar hududlari;
• Pop tumanidagi 35/10 kVli “Chig‘anoq” nimstansiyasida rejali mukammal ta’mirlash ishlari olib borilishi natijasida soat 08:00 dan kech soat 17:00 ga qadar Pop tumanining “Yuksalish” va “Chig‘anoq” MFYlar hududlari.
“Navoiy HETK” AJ tomonidan viloyatdagi L-Langar-35 kVli havo elektr uzatish tarmog‘ining rejali ta’mirlanishi sababli Xatirchi tumanidagi “Oltinsoy”, “Oqtepa”, “Angidon”, “Sangijuman”, “Maydon”, “Qo‘rg‘ontepa”, “Baxshijar” hamda “Langar” mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi aholi xonadonlarida soat 8:00 dan 17:00 gacha elektr energiyasi ta’minotida vaqtincha uzilish bo‘ladi.
Toshkent shahrining Chilonzor tumaniga qarashli 10 kVli TP 1799-sonli transformator punktining 2-seksiyasida rejali mukammal ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida 20-mavze “Diydor” mahalla 1, 2, 3, 4 va 5-tor “Hakimxon” hamda “So‘galli ota” ko‘chalaridagi 234, 237, 244, 254, 257, 258 va 284-sonli aholi xonadonlarida elektr energiyasi soat 10:00 dan 17:00 qadar vaqtinchalik o‘chiriladi.
"Mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr energiyasi ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raydi", deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Andijonning ayrim hududlarida elektr energiyasida uzilishlar bo‘lishi haqida xabar qilgan edik.
LiveBarchasi