Ertaga poytaxt va ikki viloyatda elektr uziladi

Jamiyat

image

Ertaga, 5 dekabr kuni respublikaning qator hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘lishi kutilyapti. Bu haqda “Huduiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, Toshkent shahri, Chilonzor tumanining 16-mavzesida joylashgan 10 kV li TP-3188-sonli transformator punktida mukammal ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida 10, 11-sonli ko‘p qavatli uylarda  soat 10:00 dan 17:00 qadar elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilish bo‘lishi mumkin.

“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari” AJ ham 110/6 Kirguli podstansiyasidan chiquvchi “Yusufbek” fiderida rele himoyasini tekshirish ishlari olib borilishini ma’lum qildi. Shu sababli mazkur fideridan ta’minlanuvchi quyidagi hududlarda vaqtinchalik elektr energiyasi uzib qo‘yiladi:

Farg‘ona shahridagi Marvarid, Fayz, Temuriylar, Shabboda, Gulshan ko‘chalari hamda Yangi Marg‘ilon hududida joylashgan yuqoridagi fiderga ulangan iste’molchilar hamda Farg‘ona tumanining “Chek-sho‘ra” MFY hududlarida; 

Oltiariq podstansiyasidan chiquvchi Langar fiderida ta’mirlash ishlari olib borish maqsadida, “Chimyon”, “Mindon”, “Arab”, “Xonqiz”, “Qo‘rg‘ontepa”, “Oqbilol” QFY aholi xonadonlarida.

Shuningdek, “Obod qishloq” davlat dasturi bo‘yicha Yozyovon tumanining “Ishtirxon”, “Takalik” MFYlarida, Uchko‘prik tumanining “Mirzaxo‘ja”, “Yulg‘unzor” MFY hududlarida yangi transformator o‘rnatilishi hamda sim tortilishi munosabati bilan soat 08:00 dan 17:00 ga qadar yuqoridagi aholi xonadonlarida vaqtincha elektr energiya berilishi to‘xtatiladi.

Elektrdagi uzilish Qashqadaryo viloyati markazi Qarshi shahrida ham kuzatiladi. “Qashqadaryo Magistral elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Qarshi-220/110/35/6 kV podstansiyasidan chiquvchi 6 kV kuchlanishli “Aralovul” havo elektr tarmog‘ini o‘chirgichida rejali ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu sababli 5 dekabr kuni soat 10:00 dan soat 14:00 gacha Qarshi shahrining “Aralovul” mahallasi va “Otchopar” mahallasining bir qismidagi hamda Qarshi tumanidagi “Chorgumbaz” mahallasining ayrim hududlarida yashovchi iste’molchilarning elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.


Maqola muallifi

Teglar

elektr energiya

Baholaganlar

248

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing