Ertaga Olmazor tumani aholisi gazsiz qoladi

Jamiyat

image

Ertaga, 29 oktyabr kuni Toshkentning Olmazor tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, “Hududgaz Poytaxt” GTF “Yer osti gaz quvurlari xizmati” tomonidan tumandagi “Allon” MFY “2-Chimboy” ko‘chasidagi o‘rta bosimli yer osti gaz quvurlaridagi ta’mirlash ishlari soat 10:00 dan 17:00 ga qadar amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan Olmazor tumani “Allon” MFYdagi 465 ta yerli aholi xonadonlari va barcha ulgurji iste’molchilari tabiiy gaz ta’minotidan vaqtinchalik to‘xtatiladi. Ta’mirlash ishlaridan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF ta’mirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholimiz va gaz iste’molchilaridan uzr so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

gaz

Baholaganlar

150

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing