Ertaga ob-havo qanday bo‘lishi aytildi

Jamiyat

image

1 fevral kuni O‘zbekiston hududiga Turkmanistondan biroz nam va nisbatan iliq havo massalari kirib kelishi kuchayadi, O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

O‘zbekiston hududi bo‘yicha harorat foni ko‘tariladi, kechalari sovuq chekinadi va 1 fevral kuniga kelib, kechalari 1-6 daraja iliq atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Toshkentda 1 fevral kechasi 3-5 daraja iliq, kunduzi 12-14 daraja iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing