Ertaga issiq, chang-to‘zonli havo bo‘lishi kutilmoqda
Bu qiziq
−
25 iyul 2023
12449Ertaga, 26 iyul kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida havo chang-to‘zonli, harorat esa 44 daraja issiq bo‘lishi prognoz qilindi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 25-27 daraja iliq, kunduzi 40-42 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston respublikasida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda 20-22 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda 20-22 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda 20-22 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-30 daraja iliq kunduzi 39-44 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-30 daraja iliq, kunduzi 39-44 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
LiveBarchasi