Ertaga benzin, gaz va “svet” narxi oshadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslari narxlari va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ertaga, 15 avgustdan avtobenzin, dizel yoqilg‘isi, tabiiy gaz va elektr energiya narxi oshiriladi.

Avtobenzin va dizel yoqilg‘isi aksiz solig‘ini hisobga olgan holda quyidagi narxlarda sotiladi:

•    AI-80 avtobenzin – 1 litr uchun 4 500 so‘m (hozir 4 000 so‘m);

•    Dizel yoqilg‘isi – bir litr uchun 5 700 so‘m (hozir 4 800 so‘m);

•    EKO dizel yoqilg‘isi – bir litr uchun 5 700 so‘m (hozir 4 900 so‘m).

AI-91 benzini birja savdolari orqali sotiladi.

Qonun hujjatlarida belgilangan shaxslarning ayrim toifalariga avtobenzin sotib olish uchun harajatlarning bir qismi uchun oylik 75 000 so‘m kompensatsiya ajratiladi.

Tabiiy gaz uchun quyidagicha tarif o‘rnatiladi:

a) Gazni hisobga olish priborlari mavjud bo‘lganda – kub metri uchun 380 so‘m;

b) Gazni hisobga olish priborlari mavjud bo‘lmaganda:

•    ovqat tayyorlash va issiq suv ta’minoti uchun – kub metri uchun 660 so‘m;

•    Isitish uchun – kub metri uchun 380 so‘m;

•    Maishiy ehtiyojlar uchun 1 kg suyultirilgan gaz aholiga 1120 so‘mdan sotiladi;

Elektr energiya uchun quyidagicha narxlar o‘rnatiladi:

•    Maishiy iste’molchilar uchun 1 kVt/soat – 295 so‘m;

•    Iste’molchilarning boshqa toifasi uchun 1 kVt/soat – 450 so‘m.

Eslatib o‘tamiz, 15 avgustdan issiq suv va issiqlik ta’minoti uchun hamda 24 avgustdan sovuq suv uchun ham tariflar oshiriladi.

 


Maqola muallifi

Teglar

gaz elektr energiya benzin

Baholaganlar

136

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing