Ertaga G‘arb yetakchilari Berlinda uchrashadi

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer ertaga, 18 oktyabr kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden va Germaniya kansleri Olaf Shols bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Berlinga boradi. Bu haqda Germaniya federal hukumat matbuot kotibi ma’lum qildi.

Uchrashuvning asosiy mavzulari orasida Ukrainadagi urush va Yaqin Sharqdagi vaziyat ham bor.
Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni Yevropaning uch davlati yetakchilarining AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan Berlindagi uchrashuvida qatnashmasligini bildirdi va buni Yaqin Sharqqa shoshilinch safari bilan izohladi.

"Men hech qanday holatda qatnasha olmayman. Balki o‘z o‘rtamizda qilgandan ko‘ra, mintaqadagi o‘yinchilar bilan gaplashish foydaliroqdir. Shuning uchun ham hozir bu safar mening ustuvor vazifam", dedi Meloni Yevropa Ittifoqi sammiti uchun Bryusselga tashrifi chog‘ida ertaga Livanda bo‘lishini qo‘shimcha qilib.

Ma’lumot uchun, o‘tgan hafta Jo Bayden Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ishtirok etishi kerak bo‘lgan Ramshteyn formatidagi Ukraina mudofaa bo‘yicha aloqa guruhi yig‘ilishiga raislik qilishi kerak edi. Biroq AQSH Prezidentining Germaniyaga tashrifi o‘sha paytda Florida shtatiga yaqinlashib kelayotgan “Milton” to‘foni sabab bekor qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Buyuk Britaniya Emmanuel' Makron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made