Ertaga fazoda noyob hodisa kuzatiladi

Bu qiziq

image

18-19 mart kunlari fazoda “sayyoralar paradi” kuzatiladi. Astronomlarning ma’lum qilishicha, bu safar Saturn, Yupiter va Mars Oyga yaqin keladi.

“Sayyoralar paradi” – fazoviy hodisa hisoblanadi. Bu vaqtda bir nechta sayyora quyoshning bir tomonida o‘zaro ro‘baro‘ keladi va uncha katta bo‘lmagan sektor tomon yaqinlashadi. 

“To‘g‘risini aytganda, biz sayyoralarning “miniatyura paradini” kutyapmiz. Chunki navbatdagi hodisada atigi uchta sayyora ishtirok etadi, to‘rtinchi ishtirokchi – Oy”, deyiladi Moskva planetariyasi matbuot xizmati taqdim etgan ma’lumotda.

Ta’kidlanishicha, ushbu hodisani kuzatishlari mumkin. Buning uchun havo bulutsiz, ochiq bo‘lsa bas.

Shuningdek, janubiy kengliklarda yashovchilar “sayyoralar paradi”ni tomosha qilish uchun ko‘proq imkoniyatga ega. Albatta, bunda ham osmon bulutsiz bo‘lsa. Ushbu hodisani erta tongda, quyosh chiqishidan bir soat oldin, 60 daqiqa davomida kuzatish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Quyosh sayyoralar paradi

Baholaganlar

2000

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing