Ertaga Eron rahbari ikki marta qoldirilgan Turkiya safariga otlanadi 

Olam

image

Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy ertaga, 24 yanvar kuni rasmiy tashrif bilan Turkiyaga uchadi. Bu haqda turk diplomatiyasiga tayanib, IRNA nashri xabar bermoqda.

Eron Prezidentining Anqaraga tashrifi Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning rasmiy taklifiga binoan bo‘lib o‘tadi.

Tashrif chog‘ida Turkiya va Eron Prezidentlari G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish yo‘lidagi qadamlar hamda mintaqaga gumanitar yordam yetkazish borasidagi sa’y-harakatlarni muhokama qiladi.

Raisiy Eron va Turkiya ishbilarmon doiralari vakillari va eronlik muhojirlar bilan ham uchrashishni rejalashtirgan.

Shuningdek, Prezidentlar ishtirokida Oliy darajadagi hamkorlik kengashining 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Muzokaralar yakunida rasmiylar qo‘shma matbuot anjumanida nutq so‘zlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Eron rahbarining safari ikki marta, avval BMT Xavfsizlik kengashining G‘azo sektoridagi vaziyatga bag‘ishlangan yig‘ilishi tufayli, keyinroq esa, general Qosim Sulaymoniy vafotining bir yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan dafn marosimida sodir etilgan terakt tufayli bekor qilingandi. Ammo “Asharq al-Awsat” gazetasining bildirishicha, Eron Prezidenti Ibrohim Raisiyning Turkiyaga rejalashtirilgan tashrifi bekor qilinishi mamlakat yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘anning xohishiga ko‘ra bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Eron Rajab Toyib Erdo'g'an Ibrohim Raisiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing