Eron Prezidentining Turkiyaga safari nega qoldirilgani aytildi

Olam

image

Eron Prezidenti Ibrohim Raisiyning Turkiyaga tashrifi BMT Xavfsizlik kengashining G‘azo sektoridagi vaziyatga bag‘ishlangan yig‘ilishi tufayli qoldirildi. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon bayonot berdi.

“Prezident Raisiyning Anqaraga rasmiy tashrifi rejalashtirilgan edi, biroq u BMT Xavfsizlik kengashining G‘azo sektoridagi vaziyatga bag‘ishlangan yig‘ilishiga Eron va Turkiya Tashqi ishlar vazirlari taklif etilgani sababli qoldirildi”, deydi Abdullohiyon. 

Uning aytishicha, ikki davlat Prezidentlari telefon muloqoti chog‘ida rejalashtirilgan tashrif bir necha kundan keyin amalga oshirilishiga kelishib olgan.  Uchrashuv davomida tomonlar Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi natijalarini ham muhokama qiladi.

Ma’lumot uchun, 13 noyabr kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an eronlik mavqedoshi Ibrohim Raisiy 28 noyabr kuni Anqaraga kelishini aytgan. 26 noyabr kuni Erdo‘g‘an va Raisiy telefon orqali Isroilning G‘azo sektoriga hujumi, falastinliklarga yordam va doimiy o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha hamkorlikdagi qadamlarni muhokama qilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 28 noyabr kuni Eronning “Tasnim” agentligi Prezident Ibrohim Raisiyning Turkiyaga tashrifi qoldirilganini yozgandi. Ammo agentlik tashrif qoldirilgani sababi va uning qaysi sanada amalga oshirilishiga aniqlik kiritmagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Eron Ibrohim Raisiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made