Ertaga 5 nafar o‘zbekistonlik paralimpiyachi bahslarga kirishadi

Sport

image

Bugun, 24 avgust kuni Tokio shahrida XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ertaga, 25 avgust kunida sportchilar bahslarga kirishadi.

5 nafar o‘zbekistonlik paralimpiyachilar Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etadi. Jumladan, erkaklar o‘rtasida 100 metrga batterflay usulida suzish bo‘yicha S13 klassda Muzaffar Tursunxo‘jayev va Islom Aslanov, ayollar o‘rtasida 100 metrga batterflay usulida suzish bo‘yicha S13 klassda Shohsanamxon Toshpo‘latova, Nigoraxon Mirzohidova hamda Muslima Odilova saralash bahslarida startga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, Paralimpiya o‘yinlarida butun dunyodan tashrif buyurgan 163 ta delegatsiya ishtirok etmoqda. Qayd etish joiz, O‘zbekiston delegatsiyasi tarixda ilk bor 48 sportchi bilan 55 ta yo‘llanmaga sazovor bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Rio Paralimpiadasida O‘zbekiston delegatsiyasi 32 nafar sportchi bilan ishtirok etib, 31 ta medalni qo‘lga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Tokio-2020 Paralimpiada Muzaffar Tursunxo'jaev Islom Aslanov Shohsanamxon Toshpo'latova Nigoraxon Mirzohidova Muslima Odilova

Baholaganlar

35

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing