Ertaga havo harorati 45 darajagacha issiq bo‘ladi
Jamiyat
−
28 iyul
14656O‘zgidromet ertaga, 29 iyul kuni kuzatiladigan ob-havo prognozlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-26 daraja, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida esa havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 36-41 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ham havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 36-41 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-30 daraja, kunduzi 38-43 daraja, ba’zi joylarda 45 darajagacha issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan hamda Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 36-41 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda harorat ketma-ket 5 kun juda issiq bo‘lishi xabar qilingandi.