Ertadan yo‘lkira qanchaga oshishi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
14 avgust 2019
9686Avvalroq, joriy yilning 15 avgustidan Toshkentda jamoat transportlarida yo‘lkira narxi oshishi haqida xabar bergan edik.
Ertaga, 15 avgustdan boshlab Toshkentda avtobus va metroda yo‘lkira narxi 1400 so‘m etib belgilanadi. Foiz hisobida yo‘lkira haqi 16,7 foizga oshadi. Oylik yo‘lkira kartochkalarining narxi o‘zgarmaydi.
Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, Transport vazirligi va Toshkent shahar hokimligi avtobus va metroda yo‘lkira haqini 16,7 foizga oshirish hamda uni har bir safar uchun 1400 so‘m miqdorida belgilash haqida taklif kiritgan. Oylik yo‘l kartochkalari narxini hozirgi darajada saqlab qolishga qaror qilingan.
Ish haqining oshishi va yoqilg‘i hamda ehtiyot qismlariga narxlarning ko‘tarilishi, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash va shahar transportida yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha ma’lumotlarning tahlili natijasida Moliya vazirligi taklif etilgan tariflarni tasdiqladi.
Hozir yo‘lkira haqi 1200 so‘m. Bu tarif 2016 yil aprel oyida o‘rnatilgan, o‘shanda yo‘lkira narxi 200 so‘mga ko‘tarilgandi.
LiveBarchasi