Ertadan Toshkent shahrida isitish davri yakunlanadi
Jamiyat
−
25 mart
3662Ertaga, 26 martdan Toshkent shahrida 2023-2024 yilgi isitish davri yakunlanishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 iyuldagi “Kommunal xizmatlar ko‘rsatishni tasdiqlash qoidalari to‘g‘risida"gi 194-sonli qaroriga asosan, Isitish davri tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati 8 darajadan yuqori bo‘lgan 5 kunlik davr tamom bo‘lgan kundan keyingi kundan tamomlanishi belgilangan.
“Shundan kelib chiqib, Toshkent shahar gidrometeorologiya markazining ma’lumotlarini hamda o‘rtacha sutkalik harorat 10 darajadan yuqori bo‘layotganligini inobatga olgan holda, 2024 yilning 26 mart kunidan 2023-2024-yilgi isitish davri yakunlanishini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.