Ertadan Toshkent – Dubay yo‘nalishidagi aviareyslar tiklanadi

Jamiyat

image

Ertaga, 19 martdan boshlab BAA aviatsiya rasmiylarining xabarnomasiga muvofiq, Toshkent – Dubay – Toshkent yo‘nalishidagi reyslar tiklanadi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” xabar berdi.

Qayd etilishicha, avval bekor qilingan reyslar yo‘lovchilari o‘z aviachiptalarini aviakompaniyaning istalgan keyingi reyslariga bepul asosda qayta rasmiylashtirishi mumkin.

Reyslar quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

  • HY333 — Toshkent 07:15 → Dubay 11:00
  • HY334 — Dubay 12:30 → Toshkent 17:30

Bildirilishicha, mintaqadagi joriy vaziyat munosabati bilan parvozlar barcha xavfsizlik talablari va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan yangilangan yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Birlashgan Arab Amirliklari hukumati havo hududining qisman yopilishi muddatini 23 martgacha, ya’ni bir haftaga uzaytirgandi. Cheklovlarni uzaytirish qarori Dubayda sodir bo‘lgan hodisadan keyin qabul qilingan. 16 mart kuni ertalab xalqaro aeroport faoliyati uchuvchisiz uchish apparati hujumi sabab izdan chiqqan. Dron yoqilg‘i saqlanadigan rezervuarga zarar yetkazib, yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Dubay Uzbekistan Airways aviareys

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing