Ertadan OTMlarga qabul boshlanadi. Nimalarni bilish muhim?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avval xabar berganimizdek, ertaga, 20 iyun kuni 2021-2022 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlanadi.

Shu sababdan Davlat test markazi OTMga kirish uchun hujjatlarni topshirish bo‘yicha asosiy ma’lumotlarni berdi. Xabarga ko‘ra, abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshiriladi.

Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish uchun, telefon raqamini saytda avtorizatsiyadan o‘tkazib, pasport ma’lumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlarni kiritishlari kerak.

Shuningdek, imtiyozlari mavjud bo‘lsa, ularni tekshirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin.

Bundan tashqari, abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini 2021-2022 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari belgilanib, tillar kesimida tasdiqlanganidan so‘ng tanlashi mumkin bo‘ladi.

Ro‘yxatga olish 20 iyulga qadar (20 iyul kuni ham) davom etadi va abituriyentlar o‘sha kunga  qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari mumkin bo‘ladi.

Sardor To‘lanboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

OTM DTM

Baholaganlar

211

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing