Ertadan maktablarda dars boshlanadi

Jamiyat

image

Maktab o‘quvchilari uchun 2023-2024 o‘quv yilining III chorak darslari ertaga, 11 yanvardan boshlanadi. Bu haqda Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, 2023 yilning 28 dekabridan  boshlangan qishki ta’til 14 kalendar kunidan so‘ng, bugun, 10 yanvarda o‘z nihoyasiga yetdi. Shu munosabat bilan maktab o‘quvchilarining III chorak darslari 2024 yilning 11 yanvar (payshanba) kunidan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatdagi barcha oliy, o‘rta-maxsus va professional ta’lim (davlat, nodavlat, xorijiy) muassasalarida qishki ta’til muddati 2024 yilning 7 yanvarigacha deb belgilangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Maktab dars chorak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing