Taksichilik uchun litsenziyalar berish vaqtincha to‘xtatildi
Jamiyat
−
21 aprel 2020
6517O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining tegishli qarori bilan mamlakatda yo‘lovchi tashishga ruxsat beruvchi litsenziyalar berish vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan bog‘liq barcha litsenziyalar bo‘yicha ariza qabul qilish va litsenziyalarni ko‘rib chiqish hamda berish 2020 yil 10 mayga qadar vaqtincha to‘xtatiladi.
Avvalroq, O‘zbekistonda kuchaytirilgan karantin rejimi 10 maygacha uzaytirilgani haqida xabar bergan edik.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar soni 1657 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 357 nafari davolandi va 6 nafari vafot etgan.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi