Eronning ballistik raketa sinovlari AQSH harbiylarini oyoqqa turg‘azdi

Olam

image

Bugun, 29 iyul kuni Eron Islom Respublikasining Islom inqilobi posbonlari korpusi (IIPK) “Buyuk payg‘ambar” harbiy mashg‘uloti doirasida bir qancha ballistik raketa uchirdi. Bu haqda “Tasnim” agentligi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, yer qa’riga yashirilgan raketalar sinovi muvaffaqiyatli yakunlangan.

Bundan tashqari, Hurmuzgon provinsiyasi va Fors ko‘rfazi hamda Hurmuz bo‘g‘ozida o‘tkazilgan mashg‘ulotda “yer-yer”, “yer-dengiz”, “dengiz-dengiz” tipidagi raketalar, turfa dronlar va havo hujumidan himoya tizimlari ishga tushirilgan. Hususan, harbiy dronlar maketlashtirilgan dushman aviatashuvchi kemasiga hujum qilgan.

Mashg‘ulotlarning so‘nggi bosqichida IIPK harbiy dengiz va aerokosmik kuchlarining kema, dron va raketalari ishtirokida birgalikdagi hujum operatsiyasi o‘tkazilgan.

“Associated press” nashrining xabar berishicha, Eronning ballistik raketalarni uchirishi sababli AQSHning BAAdagi “Al-Dafra” harbiy-havo va Qatardagi “Al-Udeyd” aviabazasidagi harbiylar jangovor holatga keltirilgan. Ko‘p o‘tmay harbiylar joyiga qaytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron ballistik raketa

Baholaganlar

634

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing