Eronning AQSH bazasiga yo‘llagan raketasi portlamay qolgani ma’lum bo‘ldi
Olam
−
08 yanvar 2020
17925Bugun, 8 yanvar kuni AQSH askarlari joylashgan Iroq g‘arbidagi Ayn al-Asad harbiy-havo bazasi va Erbildagi bazaEron tomonidan raketa hujumiga uchradi. Biroq, raketalardan uchtasi manzilgacha yetib bormay, Anbar viloyati Al-Bag‘dodiy chetidagi qishloq hududiga borib tushgan. Iroq mahalliy ommaviy axborot vositalari ayni vaqtda portlamay qolgan rekata qoldiqlarini dunyoga ulashdi.
Avvaliga rasmiy Tehron raketalar hujumi oqibatida AQSHning 80 harbiysi qurbon bo‘lganini iddao qilgandi. Biroq, na Oq uy va na Tramp buni taqdiqladi. Aksincha, Tramp hammasi joyida ekanini aytib chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, bo‘lib o‘tgan voqealar bo‘yicha Oq uy bugun, 8 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da rasmiy bayonot beradi.
LiveBarchasi