Maskatda Eron va AQSH o‘rtasidagi muzokaralar yakunlandi (video)

Olam

image

Bugun, 6 fevral kuni Ummon poytaxti Maskatda Tehron va Vashington o‘rtasida yadro masalasi bo‘yicha muzokaralar yakunlandi. Bu haqda IRIB xabar berdi.

Eron delegatsiyasiga boshchilik qilgan Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchining aytishicha, tomonlar muloqotni davom ettirishga kelishib olgan, biroq avval o‘z poytaxtlarida maslahatlashuvlar o‘tkazadi.

“Bu muzokaralar uchun yaxshi boshlanish bo‘ldi”, deydi diplomat.

Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar tahdidlarsiz, xotirjam muhitda davom etishi kerak, Tehron bu haqda Maskatda AQSH vakillariga ma’lum qilgan. Tadbirda AQSH tomonidan maxsus vakil Stiv Uitkoff ishtirok etgan.

Qayd etish joiz, tomonlar 2025 yil iyun oyidagi Eron-Isroil mojarosidan keyin ilk bor uchrashdi. O‘sha vaqtga qadar Tehron va Vashington besh raund maslahatlashuv o‘tkazgan edi.

“The New York Times” ma’lumotiga ko‘ra, Vashington Tehrondan loyiha qisqartirilishi bo‘yicha qo‘shimcha qadamlar, jumladan, uranni boyitishdan to‘liq voz kechish va ballistik raketalar ishlab chiqarishni cheklashni kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maskatda Eron va AQSH delegatsiyalari o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar Ummon diplomatlari vositachiligida rasman boshlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ummon Eron-AQSh yadroviy muzokara

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing