Sulaymoniyga haykal o‘rnatildi. U Eronda emas!
Olam
−
17 fevral 2020
11424“Hizbulloh” harakati Livan janubida Eron Islom inqilobi posbonlari korpusining (IIPK) maxsus “Al-Quds” bo‘linmasi generali Qosim Sulaymoniyga yodgorlik o‘rnatdi. Haykalning ochilishi kecha, 16 fevral kuni bo‘lib o‘tdi.
“Hizbulloh” rahbari Shayx Hasan Nasrulloh yakshanba kuni Bayrutning janubiy chekkasidagi ommaviy mitingda nutq so‘zlab, general Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi “Amerika va Isroilning Yaqin Sharqdagi rejalariga qarshi turgan kuchlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sinov” ekanligini ta’kidladi.
#Hezbollah have built a statue of assassinated #IRGC Quds-Force Commander #QassemSoleimani in the border city of Maroun al-Ras #Lebanon, pointing towards #Israel. The statue is pointing into #Israel as a symbol of “the direction the forces will push next” #Iran pic.twitter.com/0hRFsoJ65F
— Aurora Intel (@AuroraIntel) February 15, 2020
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 yanvar kuni Bag‘dodda AQSH dronlari Qosim Sulaymoniy va shialarnng yana bir yetakchisini o‘ldirdi. Eron bu uchun qasos olishga va’da berdi. Bir necha kundan so‘ng Eron Iroqdagi ikki amerika bazasiga raketa hujumi uyushtirdi. Ammo hujumda hech kim halok bo‘lmadi. Keyinroq, 100 nafardan ortiq askarga "miya chalqalishi" tashxisi qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi. Eron esa bu hujum Sulaymoniy o‘limi uchun javob ekanini aytib, masalaga nuqta qo‘ydi.
Nurulloh Sharipov
LiveBarchasi