Erondagi prezidentlik saylovlarida ikki nomzod yetakchilik qilmoqda
Olam
−
29 iyun 2024
7108Erondagi navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarining dastlabki natijalariga ko‘ra, islohotchi Mas’ud Pezeshkiyon va konservator Said Jaliliy yetakchilik qilmoqda. Bu haqda “Tasnim” agentligi xabar berdi.
Sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Mas’ud Pezeshkiyon 12 million ovoz hisoblab chiqilganidan so‘ng, konservativ Said Jaliliydan o‘zib ketdi.
IRIB telekanali ta’kidlashicha, 58 ming saylov uchastkasidan 32,2 mingtasida byulletenlarni qayta ko‘rib chiqish natijasida Pezeshkiyon 5 million, Milliy xavfsizlik oliy kengashidagi vakili Jaliliy esa 4.875 million ovoz olgan.
G‘alaba qozonish uchun nomzod 50 foizdan ko‘proq ovoz olishi kerak. Aks holda, 5 iyul kuni saylovning ikkinchi bosqichi o‘tkaziladi va unda birinchi bosqichda eng ko‘p ovoz olgan ikki nomzod kurash olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, Eron Oliy yetakchisining Milliy xavfsizlik oliy kengashidagi vakili Said Jaliliy, parlamentning amaldagi spikeri Muhammad Bag‘er G‘olibaf, Eron sobiq sog‘liqni saqlash va tibbiy ta’lim vaziri, parlament a’zosi Mas’ud Pezeshkiyon hamda sobiq ichki ishlar vaziri, din arbobi Mustafo Purmuhammadiy nomzodi ovoz berish jarayoniga qo‘yilgandi.
Azizbek Eshmamatov
LiveBarchasi