Erondagi neftni qayta ishlash zavodida portlash yuz berdi

Olam

image

Eron sharqidagi Rezaviy Xuroson viloyatidagi neftni qayta ishlash zavodida portlash yuz berdi. Oqibatda ikki kishi halok bo‘ldi, besh kishi tan jarohati oldi. Bu haqda viloyat gubernatori o‘rinbosari Muhammad Zehdiyga tayanib, IRNA rasmiy axborot agentligi xabar berdi.

“Ushbu viloyatning Saraxs tumanidagi neftni qayta ishlash zavodida gaz sizib chiqishi sababli portlash sodir bo‘ldi. Ushbu portlash oqibatida, afsuski, Saraxs Xangiron zavodining 2 nafar xodimi halok bo‘ldi, 5 nafar yarador shifoxonaga yotqizildi, ularning ahvoli qoniqarli”, deydi Muhammad Zehdiy.

Ma’lumot uchun, Rezaviy Xuroson viloyatining Seraxs tumani mamlakat sharqida Turkmaniston bilan chegarada joylashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron portlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing