Erondagi magistral gaz quvurida portlash yuz berdi (video)
Olam
−
14 fevral 2024 4820 1 daqiqa
Eronning Borujen shahridagi magistral gaz quvurida portlash va undan keyingi yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda “Mehrnews” agentligi shahar rahbari Fattoh Karmiyga tayanib, xabar berdi.
Quvurning ushbu qismida gaz ta’minoti to‘xtatildi. Voqea joyida qutqaruv va o‘t o‘chirish brigadalari ishlamoqda.
“Quvurlarda gaz qolgan ekan, olov yonadi”, deydi shahar meri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q. Uning qo‘shimcha qilishicha, gaz quvuri yaqinidagi yo‘lda o‘tgan transport vositalariga hech qanday zarar yetmagan.
Live
Barchasi