Eronda bir ayolni zo‘rlagan besh erkak qatl etildi
3-sahifa
−
09 avgust 2023 15040 1 daqiqa
Eronning Sharqiy Ozarbayjon viloyatidagi Marand shahrida zo‘rlashda ayblangan besh kishi qatl etildi. Bu haqda shahar prokurori Yusuf Ziyo Mehraga asoslanib, “Mizan” axborot agentligi xabar berdi.
Aytilishicha, 2022 yilning may oyida 5 kishi bir ayolni o‘g‘irlab, shahar atrofidagi tog‘larga olib ketib, zo‘rlagan. Jinoyat sodir bo‘lganidan 4 kun o‘tgach, barcha ayblanuvchilarning shaxsi aniqlanib, qo‘lga olingan. Qo‘shimcha surishtiruv jarayonida jinoyatchilarning bir nechta noqonuniy ishlarga aloqadorligi aniqlangan.
Sud jarayonida ayblanuvchilar o‘z aybiga iqror bo‘lgan. O‘lim jazosi Oliy sud sanksiyasidan so‘ng amalga oshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Eronda bukmekerlik kompaniyalarini reklama qilgan bloger Milad Hotamiy o‘lim jazosiga hukm qilingandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025