Eronda yoshi 1 asrga teng bemorlar qanday qilib COVID-19 dan tuzaldi?
Olam
−
05 aprel 2020
8580Eronda koronavirusga chalingan va shifoxonaga yotqizilgan 100 va 106 yasharlik bemorlar butkul sog‘ayib ketdi. Bu haqda IRNA axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, har ikkala bemor ham mamlakatdagi markaziy shaharlardan biri bo‘lmish Qum shahridagi shifoxonaga yotqizilgan.
Shuningdek, agentlikning xabar berishicha, Eronning shimoli-sharqdagi Mashhad shahrida yashovchi 98 yoshli bemor ham koronavirusdan tuzalgan.
Eron sog‘liqni saqlash vazirligining xabariga ko‘ra, bunday natijalar o‘rta yoshdagi aholi vakillarida ham kuzatilishi kutilmoqda. Chunki ayni vaqtga kelib, mamlakatdagi bemorlarning aksari yaxshi holatda. Bunga sabab etib karantin qoidalariga qat’iy amal qilish va qoidabuzarlarga qo‘llanilayotgan qattiq jazolar ko‘rsatilgan.
Mamlakatda ilk bor 19 fevral kuni koronavirusga chalinish holati qayd etilgan edi. Ayni paytda 58 226 nafar eronlik infeksiya yuqtirib olgan. 3 60 nafar bemor olamdan o‘tgan.
LiveBarchasi