Eronda O‘zbekiston va yana 5 davlat TIV rahbarlari uchrashadi. Mavzu Afg‘oniston

Olam

image

Joriy yilning 27 oktyabr kuni Eron poytaxti Tehronda Afg‘oniston, Rossiya, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bu haqdagi ma’lumotlarni mamlakat Tashqi ishlar vazirligi tasdiqladi va muhokamalarda olti davlat Tashqi ishlar vazirlarining o‘zi qatnashishini ma’lum qildi.

Xabarda ta’kidlanishicha, uchrashuv sentyabr oyida ushbu mamlakatlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan onlayn konferensiyaning davomi bo‘ladi. 

“Oltita davlat Afg‘onistonda barcha etnik guruhlar ishtirokida inklyuziv hukumat tuzishga hamda mamlakatda tinchlik va xavfsizlikning kelajagini shakllantirishga qanday yordam berishi mumkinligi haqida muzokalar o‘tkazadi”, deydi Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Said Xatibzoda.

Avvalroq, Tehron “Tolibon” bilan Afg‘oniston hukumatini egallab olishidan oldin afg‘onlararo muzokaralar o‘tkazgan. Biroq, Eron AQSH tomonidan uyushtirilgan har qanday muzokaralarda qatnashishdan bosh tortgan.


Maqola muallifi

Teglar

TIV

Baholaganlar

117

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing