Eronda o‘limga hukm qilingan Nobel sovrindori vaqtincha qamoqdan ozod qilindi
Olam
−
04 dekabr
21802023 yilda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan eronlik huquq himoyachisi Nargiz Muhammadiy sog‘lig‘i sababli uch hafta davomida qamoqdan ozod qilindi. Bu haqda ”Radiofarda” xabar berdi.
Uning advokatining ta’kidlashicha, bunday qarorga mijozning o‘simtani olib tashlash bo‘yicha operatsiyadan keyingi jismoniy holati sabab bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘simta sabab 52 yoshli ayol har uch oyda bir marta tekshiruvdan o‘tishi kerak.
Muhammadiyning oilasi va tarafdorlari qatlning 21 kunga qoldirilishini yetarli emas deb atagan.
“Biz Nargiz Muhammadiyning zudlik bilan va so‘zsiz ozod etilishini yoki hech bo‘lmaganda uning vaqtinchalik ozod etilishini talab qilamiz”, degan ular.
Eron ayollar harakati yetakchilaridan biri Nargiz Muhammadiy so‘nggi 25 yil ichida majburiy hijob va o‘lim jazosiga qarshi kurashgani uchun bir necha bor hibsga olingan va sudga tortilgan. U so‘nggi o‘n yilni qamoqda o‘tkazgan. Muhammadiy oxirgi marta 2021 yil noyabrida Tehronda hibsga olingan edi. 2024 yil iyun oyida unga “davlatga qarshi tashviqot” uchun bir yilga qamoq jazosi berilgan.
Ma’lumot uchun, 2023 yilda Nargiz Muhammadiy ayollar zulmiga qarshi kurashi hamda barcha uchun inson huquqlari va erkinliklarini targ‘ib qilgani uchun Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya fuqaroligiga ega bo‘lgan eronlik Jamshid Sharmahd hibsda qatl etilgandi. Huquq himoyachilari va ayniqsa, Sharmahdning AQSHda yashovchi qizi oxirigacha mahkumni qutqarish uchun kurashgan. Sharmahdning yaqinlariga ko‘ra, u so‘nggi bir necha yil davomida AQSHda yashab kelgan va 2020 yilda Dubayda bo‘lgan vaqtida Eron razvedkachilari tomonidan o‘g‘irlab ketilgan. Tehron uni Eronda terrorchi tashkilot sifatida tan olingan “Tondar” muxolifat guruhi rahbari deb hisoblagan.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr