Eronda Sulaymoniyni sotgan xoin o‘limga hukm qilindi
Olam
−
09 iyun 2020
18529Eronda Markaziy razvedka boshqarmasining axborotchisi Mahmud Musavi Majd o‘lim jazosiga hukm qilindi. U Eronning Islom inqilobi posbonlari korpusining maxsus “Al-Quds” bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniyning Bag‘doddagi joylashuvini amerikaliklarga bergan. Bu haqda “Mehr” agentligi xabar berdi.
Eron Oliy sudi aynan Majd AQSHga Sulaymoniyning joylashuvini sotganini aniqlagan. Mamlakat sud hokimiyati spikeri G‘ulom Hussayn Ismoili axborotchi o‘lim jazosiga hukm qilinganini va jazo tez orada ijro etilishini ma’lum qildi.
Ismoili Majd MRB va Isroilning razvedka xizmati “Mossad” bilan aloqadorligini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 yanvar kuni AQSHning Bag‘dod xalqaro aeroportiga uyushtirgan havo hujumi natijasida IIPKning “Al-Quds” bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy o‘ldirilgandi. Bunga rasmiy Tehron 8 yanvar kuni Iroqdagi amerika harbiy bazalariga raketa zarbasi berish bilan javob qaytardi. AQSH hujum natijasida qurbonlar yo‘qligi, zarar kam ekanini ma’lum qildi.
Pentagon Sulaymoniyni yo‘q qilish buyrug‘i shaxsan Prezident Donald Tramp tomonidan berilganini ma’lum qildi. Shundan so‘ng ikki davlat o‘rtasida urush chiqishi xavfi ortib ketgandi.
LiveBarchasi