Eronda samolyot halokatga uchradi. Qurbon bor

Olam

image

Eronning Hamadon viloyatidagi mashg‘ulot paytida harbiy samolyot halokatga uchradi. Bu haqda “Fars” agentligi xabar berdi.

Harbiylar ma’lumotiga ko‘ra, hodisa kecha, 19 fevral kuni yuz bergan. Voqea oqibatida samolyot uchuvchilaridan biri halok bo‘lgan.

Hodisa joyiga favqulodda xizmatlar tezkor ravishda yuborilgan va zarur choralar ko‘rilgan. Halokat sabablari hozirda o‘rganilmoqda. Voqea haqida qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreyaning Kyongido provinsiyasiga qarashli Kapxyon tumanida armiyaga tegishli AH-1C rusumli harbiy vertolyot qulab tushgandi. Harbiy vertolyot bortida ikki kishi bo‘lgan. Ular og‘ir tan jarohatlari olgan va yurak urishi to‘xtagan holatda shifoxonaga yetkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing