Eronda raketa portladi

Olam

image

Eronda raketani uchirish muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi. Raketa Semnan provinsiyasida joylashgan kosmodrom portlab ketdi, deya xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.

"Naxid-1" sun’iy yo‘ldoshi bo‘lgan raketa Yerdan ko‘tarila olmadi va uchish maydonchasida portladi. Hozirda olimlar guruhi muammo ustida ishlamoqda.

Eron o‘z sun’iy yo‘ldoshini shu yilning yanvar va fevral oylarida ham uchirishga urinib ko‘rgan, ammo jarayonlar muvaffaqiyatsizlik bilan nihoyasiga yetgan. 

Mamlakat ma’murlari Eronning mahalliy ikkita sun’iy yo‘ldoshini kosmosga olib chiqishga urinish ortida AQSHning sabotaji bo‘lishi mumkinligini istisno qilmaydi.

Islom respublikasi rahbariyatining ta’kidlashicha, mamlakatning raketa va kosmik dasturi tinch va mudofaa xususiyatiga ega bo‘lgani uchun BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyalariga zid emas.


Maqola muallifi

Teglar

Eron raketa

Baholaganlar

84

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing