Eronda prezidentlik saylovi qachon o‘tkazilishi aytildi
Olam
−
20 may
8739Eronda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari kelasi 50 kun ichida bo‘lib o‘tishi kerak. Bu haqda mamlakat parlamenti Ichki ishlar qo‘mitasi raisi Muhammad Solih Jokar ma’lum qildi.
"Qonunga ko‘ra, 14-prezidentlik saylovlari yaqin 50 kun ichida o‘tkazilishi kerak, yangi prezident saylanganidan keyin vazirlar mahkamasini tasdiqlash uchun parlamentga taqdim etadi", deydi Muhammad Solih Jokar.
Qo‘shimcha ravishda qayd etilishicha, Eronning yangi Prezidenti uchun saylovlar joriy yilning iyun yoki iyul oylarida bo‘lib o‘tishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy bo‘lgan vertolyot halokatga uchragani, mazkur hodisada vertolyotning barcha yo‘lovchilari va ekipaj a’zolari halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Shundan so‘ng Eronning amaldagi vitse-prezidenti Muhammad Moxber vaqtinchalik Eron Prezidenti bo‘lishi ma’lum qilindi.
Ibrohim Raisiyning hayoti va siyosat yo‘li haqida quyidagi maqola orqali bilib olishingiz mumkin.
LiveBarchasi