Eronda olov festivali paytida 26 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Eronda Chaharshanbe-Suri olov festivalini nishonlash paytida 26 kishi halok bo‘ldi, 4360 kishi jarohatlandi. Bu haqda “Mehr” agentligi xabar berdi.

Eron favqulodda vaziyatlar xizmati rahbarining aytishicha, bayram kunlarida 1,4 mingga yaqin tez tibbiy yordam stansiyalari shay holatga keltirilgan. Birgina Tehronning o‘zida bir kunda yong‘in xavfi haqida 1,8 ming qo‘ng‘iroq kelib tushgan, 2 nafar poytaxtlik halok bo‘lgan.

Bu bayramda eronliklar asosan olov ustidan sakrash va pirotexnika vositalaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida kuyadi. O‘tgan yili ushbu bayram paytida 700 dan ortiq odam jarohatlangan va kamida 17 kishi halok bo‘lgan.

Chaharshanbe-Suri bayrami bu Erondagi qadimiy olov bayrami va u bahorning kelishi, tabiatning qayta tug‘ilishini anglatadi.

Chaharshanbe-Suri kalendar yilining oxirgi chorshanbasiga o‘tar kechasi nishonlanadi (Eronda chorshanba “chaharshanbe” deb talaffuz qilinadi), lekin bayramning o‘zi ikki-uch hafta oldin boshlanadi.

An’anaga ko‘ra, eronliklar shirin va nordon yong‘oqlarning maxsus aralashmasini iste’mol qiladi, kechqurun ular ko‘chalarda gulxan yoqadi va ular ustidan sakrab o‘tadi. Zamonaviy bayram urf-odatlari pirotexnika vositalaridan foydalanishni o‘z ichiga oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron olov festivali

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing