Eron oliy rahbari selda vafot etganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi

Olam

image

Eron oliy rahbari Oyatulloh Sayid Alii Homanay seshanba kuni juma namozi yetakchisidan Sherozda sodir bo‘lgan toshqinlarda vafot etganlarning oilalariga o‘z hamdardligini yetkazishini so‘ragan. Bu haqda Tasnim axborot xizmati ma’lum qildi.

“Bir qancha oilalarni o‘z yaqinlaridan ayirgan, aziz odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan bu voqea muqaddas “Navro‘z” kunlari sodir bo‘lganligi meni qattiq ranjitdi”, deb aytib o‘tgan Oyatulloh Homanay o‘z murojaatida.

Shuningdek, oliy rahbar toshqinlardan zarar ko‘rganlarga tezroq yordam berish uchun zarur choralar ko‘rishga chaqirgan.

Dushanba kuni ertalab Sherozda sodir bo‘lgan toshqinlar natijasida ayni paytga kelib 19 kishi vafot etgan. 120 dan ortiq odam jarohatlangan.

Eslatib o‘tamiz, Favqulodda vaziyatlar va qutqaruv tashkilotlari 26 mart kuni Eronning janubiy va g‘arbiy viloyatlarini suv toshqinlari ertaga ham davom etishi haqida ogohlantirgan edi.

Xabarlarga ko‘ra, bu tashkilotlar bugun kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari yana bir necha kun davom etishi haqida aholiga ogohlantirish e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Oyatulloh Homanay

Baholaganlar

17

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing