Ronaldu: “Koronavirus meni xavotirga solyapti”

Sport

image

CoVID-19  pandemiyasi dunyo bo‘ylab shiddat bilan tarqalmoqda. Ayni damda koronavirus kirib borgan davlatlar orasida Italiyada vaziyat juda ham og‘ir. Futbol uchrashuvlari to‘xtatildi. Mamlakatga kirish va chiqish yopib qo‘yildi.

Turinning “Yuventus” klubi futbolchisi portugaliyalik Krishtianu Ronaldu ushbu vaziyatga o‘z munosabatini bildirdi.

“Dunyo juda ham og‘ir davrni boshidan kechirmoqda, bu hammamizdan e’tiborli bo‘lishimizni talab etadi. Men hozir sizlarga futbolchi emas, koronavirus bilan bog‘liq voqealardan xavotir olayotgan oddiy inson sifatida gapiryapman.

Bunday vaziyatda barchamiz Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va boshqaruv organlarining tavsiyalariga amal qilishimiz muhim. Inson hayotini himoya qilish boshqa barcha manfaatlardan ustun bo‘lishi kerak. Jamoadoshim Daniyele Rugani kabi koronavirus bilan kurashayotgan insonlarga tezroq sog‘ayib ketshini tilayman“, deb yozdi Krishtianu Ronaldu o‘zining Instagram'dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, biroz avval Italiyaning “Fiorentina” klubi futbolchisida ham koronavirus aniqlangani haqida xabar bergan edik.

Ma’lumot o‘rnida, ayni damda Italiya A seriyasi, La Liga, APL, Yevropa chempionlar ligasi, Yevropa ligasi va bir qator yirik musobaqalar koronavirus sabab to‘xtatildi.

Hozirga qadar 145 681 kishi koronavirusni yuqtirib olgan. 5436 kishi esa ushbu kasallik oqibatida vafot etgan. 72 532 kishi kasallikni yengib o‘tib, butkul sog‘ayib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus Futbol Krishtianu Ronaldu Italiya Koronavirus

Baholaganlar

659

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing