Eronda milliy motam e’lon qilindi
Olam
−
18 Oktabr 2023
15935Eron hukumati bir necha yuz kishining hayotiga zomin bo‘lgan G‘azo shifoxonasiga hujum qurbonlari xotirasiga 18 oktyabrni milliy motam kuni deb e’lon qildi.
“Sionistik tuzumning G‘azodagi shifoxonaga vahshiyona hujumi oqibatida mazlum xalq genotsid qilindi. Yuzlab begunoh erkaklar, ayollar va bolalar o‘ldirildi. Bu fojia ortidan Eron Islom Respublikasi hukumati 18 oktyabrni milliy motam kuni deb e’lon qildi”, deyiladi hukumat bayonotida.
Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy G‘azo sektoridagi Al-Ahli shifoxonasiga qilingan hujumni qoralab, “Bunday jinoyat qabul qilinishi mumkin emas. Islom ummatining bir qismi bo‘lgan Eron motam tutmoqda”, degan.
Avvalroq, Eron Isroilga qarshi yangi front ochishi mumkinligi haqida ma’lum qilingan edi.
Joriy yilning 11 oktyabr kuni Bahrayn va Saudiya Arabistonida joylashgan “Le Beck” Yaqin Sharq markazi ekspertlari Isroil beshta frontda jangga kirishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi.
LiveBarchasi