Eronda futbolchi muxlisini quchoqlagani uchun jarimaga tortildi

Sport

image

Eronning “Istiqlol” klubi futbolchisi Ramin Rezayan mamlakat chempionati 14-turidan o‘rin olgan “Chadormalu” jamoasiga qarshi bahsdan avval ayol muxlisni quchoqlagani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda “Tarafdori” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, muxlisa mehmon jamoa avtobusiga yaqinlashib, futbolchini quchoqlagan. Voqea sodir bo‘lgandan keyin futbolchi Eron chempionati etika qo‘mitasiga chaqirilib, 12 ming dollar jarimaga tortildi.

Qayd etish joiz, Eronda qarindosh bo‘lmagan erkak va ayollarning jamoat joylarida bir-biriga tegishi taqiqlangan.

Ma’lumot uchun, 34 yoshli futbolchi Eron terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. U 2015 yildan beri milliy jamoa safida 63 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 marta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Ramin Rezayan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing