Eronda benzin narxi oshirilishiga qarshi namoyishlar boshlandi

Olam

image

Eronda benzin narxining oshirilishi natijasida mamlakat markazidagi Yazd shahrida norozilik namoyishlari boshlandi. Natijada politsiya 40 kishini hibsga oldi.

Prokurorning so‘zlariga ko‘ra, hibsga olinganlarga vayronkorlik harakatlari, politsiya xodimiga hujum qilish va tan jarohati yetkazish ayblovi qo‘yilyapti. Ma’lum bo‘lishicha, ularning ko‘pi asli yazdlik emas.

Картинки по запросу протести в иран

Kecha, 17 noyabr kuni Eron Oliy rahbari Oyatulloh Ali Homanaiy mamlakatda benzin narxi oshirilishini qo‘llab-quvvatladi.

“Hukumat vakillari yaxshilab o‘rganib, qaror qabul qildi. Mutaxassislar uni ma’qulladi. Qarorni ijro etish kerak”, dedi Homanaiy.

Картинки по запросу протести в иран

Benzin narxi oshishi oqibatida boshlangan tartibsizliklar natijasida hozirgacha bir kishi halok bo‘ldi. Namoyishlar vaqtida ko‘chalarda mashinalarga o‘t qo‘yib, yoqib yuborish holatlari kuzatildi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron benzin

Baholaganlar

22

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing