Eronda 85 ming mahbus ozodlikka chiqarib yuborildi

Olam

image
Epidemiya yordam berdi. Eron COVID-19 tufayli 70 ming mahbusni ozod qildi north_east

Epidemiya yordam berdi. Eron COVID-19 tufayli 70 ming mahbusni ozod qildi

Eronda koronavirus sabab 85 ming mahbus qamoqxonalardan vaqtincha ozod qilindi. Bu haqda “Reuters” Eron sud hokimiyati vakili G‘ulomhusayn Ismoiliga asoslanib xabar berdi.

Bunday chora ozodlikdan mahrum qilish joylarida virusning ommaviy yoyilib ketmasligi uchun qo‘llangan.

Eronda mahbuslarni ozodlikka chiqarish mart oyi boshida boshlangandi. Hokimiyat vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ozodlikka og‘ir jinoyat sodir etmagan mahbuslar chiqarilyapti. Ular shuningdek, koronavirus yuqtirib olmagani ham tekshirilyapti.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda 14 991 nafar koronavirus yuqtirgan bemor aniqlangan. Ularning 853 nafari vafot etgan va 4996 nafari davolangan.

Ma’lumot uchun, dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 183 326 nafarga yetgan. Bu kasallik tufayli 7 177 kishi vafot etgan. Bemorlardan 6 164  nafari yoki 6 foizining ahvoli og‘ir. Shu kungacha kasallikni yuqtirganlarning 79 908 nafari bu virusdan forig‘ bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron koronavirus

Baholaganlar

271

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing