Eronda 6 kun ichida 27 mahbus qatl etildi

Olam

image

Osloda joylashgan Eron Inson huquqlari tashkiloti hisobotiga ko‘ra, chorshanba kuni Karaj markaziy qamoqxonasida yetti mahbus qatl qilingan. Ular orasida uchta mahbus "qasddan odam o‘ldirish", uchtasi giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar va bittasi "moharebeh" (urush olib borish) uchun o‘limga hukm qilingan.

Chorshanba kuni ham besh mahbus Ahvaz, Sanandaj, Qum, Zahidan, Babol va Kirmonshoh qamoqxonalarida “qotillik”dan tortib “narkotik moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar”gacha bo‘lgan ayblovlar bilan qatl etilgan.

Eron Inson Huquqlari Tashkiloti avvalroq 30 noyabr kuni Islom Respublikasi tomonidan 2023 yilda o‘lim jazosi qo‘llanilganlarning soni hayratlanarli darajada – 707 kishiga yetgani haqida xabar bergan edi. "Bu so‘nggi sakkiz yil ichida misli ko‘rilmagan ko‘rsatkich"dir.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrishning oktyabr oyidagi hisobotida Eronning qo‘rqinchli jazolari mavzusini ko‘tarib chiqqandi. U chuqur xavotir bildirib, yilning birinchi yetti oyida kamida 419 ta qatl sodir etilganini ma’lum qilgan.

O‘lim jazosiga hukm qilingan shaxslarning yarmidan ko‘pi giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatda ayblangan. 

Xalqaro Amnistiya tashkilotining xabar berishicha, Eron yillik qatllar soni bo‘yicha dunyoda Xitoydan keyin, ikkinchi o‘rinda turadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron hukumati Fransiyadagi Saxarov mukofotini olish uchun ketayotgan Mahsa Amini oilasiga mamlakatni tark etishga ruxsat bermagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Oslo Ahvaz Sanandaj

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing