Eronda 20 kishini sel oqizib ketdi
Olam
−
23 iyul 2022
4867Eron janubidagi Fors viloyatining bir qator tumanlarida sel oqimi yuzaga keldi. Oqibatda 20 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi jarohat olgan. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Fors viloyati inqiroz holatlari departamenti rahbari Holi Abdullohning ma’lum qilishicha, tabiiy ofat Estehbon va Darab shaharlariga tutash hududlarni qamrab olgan.
Sel olib ketgan mahalliy aholi vakillarini qidirish uchun 125 kishi jalb qilingan. 74 kishi qutqarilgan, 51 ta uy vayron bo‘lgan.
LiveBarchasi