Eron yangi Prezidentining ilk xorij safari qayerga bo‘lishi aytildi

Olam

image

Eronning yangi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon lavozimiga saylanganidan keyin ilk xorij tashrif bilan Iroqqa boradi. Bu haqda Eronning Bog‘doddagi elchisi Muhammad Kozim as-Sodiq IRNA agentligiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Uning aytishicha, Pezeshkiyon Iroq Bosh vaziri Muhammad al Sudaniyning rasmiy taklifiga binoan sentyabr o‘rtalarida Bog‘dodga boradi. Kozim as-Sodiqning ta’kidlashicha, ushbu safar davomida Eronning avvalgi prezidenti Ibrohim Raisiy davrida erishilgan kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda. Elchi, shuningdek, Pezeshkiyonning tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish va chuqurlashtirishga hissa qo‘shishiga umid bildirdi. 

Eslatib o‘tamiz, 5 iyul kuni Eronda Raisiy vafotidan keyin muddatidan oldin prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda islohotchilar qanotidan nomzod, sobiq Cog‘liqni saqlash vaziri Pezeshkiyon g‘alaba qozondi. 28 iyul kuni Eron Islom Respublikasi oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy Pezeshkiyonni yangi Prezident etib rasman tasdiqladi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing