Eron yadroviy qurol yaratishga yaqin – OAV

Olam

image

Eron ikki yoki uch oydan keyin yadroviy bomba ishlab chiqarish uchun yetarli material va imkoniyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Bu haqda Isroil Mudofaa vaziri Beni Gans “Foreign Policy” nashriga ma’lum qilgan.

Gans Eron yadro qurolini qo‘lga kiritsa, mintaqada yadroviy qurollanish poygasi boshlanishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Isroil vaziri AQSHning Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqishi ham Eron va uning tarafdorlariga nisbatan ishonch bilan harakatlanish imkonini berishi mumkin. 

Ma’lumot uchun, 2015 yilda Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Rossiya, AQSH, Fransiya va Eron kelishuv imzolagan. Kelishuv Eron yadro dasturini cheklab, Tehronning yadro qurolini qo‘lga kiritmasligi kafolatlangan holda sanksiyalarni bekor qilishni ko‘zda tutardi. 2018 yilda o‘sha vaqtdagi AQSH Prezidenti Donald Tramp kelishuvdan bir tomonlama chiqib, Eronga qarshi jiddiy sanksiyalarni tikladi. Bunga javoban Eron kelishuv doirasidagi majburiyatlaridan bosqichma-bosqich voz kechdi.

Venada Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvni tiklash va AQSHning Eronga qarshi sanksiyalarini bekor qilish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda. Joriy yilning 20 iyun kuni muzokaralarning oltinchi raundi tugagandi. Eron tomoni shartnomani tiklash bo‘yicha muzokaralarni yangi hukumat davom ettirishini ma’lum qilgan. Mamlakatda joriy yilning 5 avgust kuni Ibrohim Raisiy boshchiligida yangi hukumat tuzilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron yadro quroli

Baholaganlar

194

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing