Eron yadro qurolini taqiqlovchi fatvoga sodiq qoladi – TIV

Olam

image

Eron oliy rahnamoning ommaviy qirg‘in qurollarini ishlatishdan voz kechish siyosatiga sodiq qolmoqda. Bu haqda Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi ma’lum qildi.

“Eron Islom Respublikasining siyosati ommaviy qirg‘in qurolidan foydalanishni qat’iyan rad etishdir. Ushbu pozitsiya Oliy rahbar Oyatulloh Ali Xomanaiy tomonidan chiqarilgan fatvoga asoslangan. Eron va xorijiy matbuotda Tehronning yadroviy doktrinasini o‘zgartirish haqidagi munozaralar bu pozitsiyaga ta’sir qilmaydi va Eron mudofaa doktrinasining bir qismi sifatida ushbu siyosatga amal qilishda davom etadi”, deydi TIV vakili.

Shuningdek, u, Isroil tomonidan bo‘layotgan ehtimoliy tahdidlar fonida, yahudiy davlatining provakatsion bayonotlariga ishora qilib, Eronning yadroviy inshootlariga zarba berish tahdidi qabul qilinishi mumkin bo‘lmagan xatti-harakat ekani va bu xalqaro qonunlarga zidligini eslatib o‘tdi.

Bundan tashqari, 11 oktyabr kuni Laosda bo‘lib o‘tgan Sharqiy Osiyo sammitidagi matbuot anjumanida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Isroilning Erondagi tinch yadroviy ob’ektlariga hujum qilish borasidagi tahdidlari juda jiddiy provokatsiya ekanini ta’kidlagandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Eronning raketa hujumiga javoban, yaqin kunlarda Islom Respublikasi hududidagi neft va boshqa strategik ob’ektlarga hujum qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Shundan so‘ng, bir guruh Eron parlamenti a’zolari Oliy milliy xavfsizlik kengashidan mamlakatning mudofaa doktrinasini qayta ko‘rib chiqishni talab qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron yadro quroli Sharqiy Osiyo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing