Eron yadro quroli uchun yetarlicha uran g‘amladi

Olam

image

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) Eronning boyitilgan uranni ishlab chiqarish sur’ati mamlakatni yaqin kelajakda yadroviy qurol yaratish uchun zarur resurslar bilan ta’minlashga yetarli, deb ogohlantirmoqda. Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, 30 maydan beri Erondagi boyitilgan uran zaxiralari 12,5 kilogrammdan 55,6 kilogrammgacha oshgan. Shu bilan birga, Ta’kidlanishicha, Eron tomoni hozircha agentlikka aniqlangan, ilgari e’lon qilinmagan yadroviy inshootlarda uran zarralari kelib chiqishi haqida tushuntirish bermagan.

Bu bayonot Yevropa Ittifoqining Eron yadroviy dasturi bo‘yicha Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasini qayta tiklay olmay qolishi mumkinligi haqidagi xavotirlari fonida qilingan. AQSH rasmiylari, o‘z navbatida, Eronda MAGATE tergovi olib borilayotgani sababli kelishuvni tiklash bo‘yicha muzokaralar boshlanmasligi kerak, deb hisoblaydi.

Eronning Ato energiyasi agentligi vakili Behruz Kemalvendi MAGATEning bayonotiga munosabat bildiriyu, agentlikning har choraklik so‘nggi hisoboti asossiz siyosiy maqsadlarga erishishga urinishlarning takrorlanishi ekanini ta’kidladi.

“Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik bosh direktorining ma’ruzasi mazmuni siyosiy maqsadlarga erishish uchun oldingi asossiz urinishlarning takrorlanishi bo‘lib, aniq maqsadlar yo‘lidagi so‘z o‘yinidan boshqa narsa emas”, deydi rasmiy.

Kemalvendi yadroviy kelishuvga a’zo bo‘lgan G‘arb davlatlari o‘z majburiyatlarini bajarmayapti, deb hisoblaydi.

Eron xalqiga qarshi shafqatsiz sanksiyalar saqlanib qolar ekan, G‘arb Tehron qo‘shimcha talablarni bajarishini kutmasligi kerak, deydi u. Uning ta’kidlashicha, agar tomonlar Eronning avvalgi majburiyatlariga qaytishini istasa, o‘z majburiyatlarini bajarishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Eron

Baholaganlar

180

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing