Eron vazirlik binosiga qilingan dron hujumini bartaraf etdi

Olam

image

Eron Mudofaa vazirligining Isfaxon viloyatidagi ob’ektiga uyushtirilgan hujum muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Bu haqda bugun, 5 aprel kuni “Tasnim” agentligi xabar berdi.

Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, uning majmualaridan biri bir qancha mikro-havo vositalari tomonidan hujumga uchragan, biroq kompleksning havo mudofaasi hujumni muvaffaqiyatli qaytargan. Aytilishicha, havo hujumidan mudofaa tizimlarining operativ ishlashi tufayli hech qanday zarar ko‘rilmagan.

Ma’lumot uchun, bu Eron Mudofaa vazirligi ob’ektiga dronlar yordamida hujum qilishga birinchi urinish emas. Joriy yilning 29 yanvar kuni respublikaning markaziy qismida joylashgan Isfaxon shahrida kuchli portlash sodir bo‘lgan edi. Keyinroq Eron Mudofaa vazirligi 28 yanvar kuni vazirlik markazlaridan biriga dron yordamida muvaffaqiyatsiz hujum uyushtirilgani haqida xabar bergan. Bir apparat urib tushirilgan, qolgan ikkitasi mudofaa tuzoqlariga tushib, portlab ketgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar bo‘lmagan, kichik moddiy zarar ko‘rilgan.

Biroq har ikkala holatda ham hujum kim tomonidan uyushtirilganiga aniqlik kiritilmagan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 martiga o‘tar kechasi Qo‘shma Shtatlar Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi nazorati ostidagi Suriyadagi nishonlarga bir qator havo zarbalarini bergandi. Hujum oqibatida Suriyada jang qilayotgan kamida 11 shia jangchisi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isfaxon dron hujumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing